Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#munosabat

🔰#munosabat

➡️Aholi xavotiri ochiq muloqot va aniq tushuntirishni talab qiladi

➡️Aholi yashash hududlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, avvalo, fuqarolarning manfaatlari, fikri va xotirjamligini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
➡️Toshkent tumani “Bog‘izilol” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yo‘lning ko‘chirilishi ortidan aholi orasida ko‘p qavatli uylar qurilishi mumkinligi haqidagi xavotirlar paydo bo‘lgani jiddiy e’tibor talab qiladi. Tuman hokimi hududda ko‘p qavatli uylar emas, balki suv bo‘yida sayilgoh barpo etish rejalashtirilganini bildirgan.
➡️Menimcha, bunday vaziyatlarda aholiga rejalashtirilgan ishlarning maqsadi, loyihaning tafsilotlari va hududning kelajakdagi ko‘rinishi haqida batafsil, ochiq va tushunarli ma’lumot berish muhim. Chunki fuqarolarning xavotirini kamaytirishning eng samarali yo‘li — shaffoflik va samimiy muloqotdir.
➡️Obodonlashtirish aholiga qulaylik yaratishi, atrof-muhitni yaxshilashi va jamoatchilik manfaatlariga xizmat qilishi kerak. Aholining fikri tinglanib, mavjud savollarga aniq javob berilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikka muntazam ma’lumot taqdim etilishi lozim.

Behzod Dilliyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt