Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#munosabat

🔰#munosabat

🔹MDH doirasidagi hamkorlik – umumiy taraqqiyot omili

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida MDH Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisida ishtirok etishi mamlakatimizning ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosiy faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🌏Bugungi globallashuv sharoitida davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, iqtisodiy aloqalar, savdo-sotiq va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday muloqotlar umumiy manfaatlarni muhokama qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va dolzarb masalalarga birgalikda yechim topish uchun muhim maydon hisoblanadi.
🌏Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, xalqaro miqyosda yo‘lga qo‘yilayotgan samarali hamkorlik, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivoji, yangi imkoniyatlar yaratilishi va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Eng muhimi, xalqaro kelishuvlar amaliy natijalar bilan mustahkamlanib, fuqarolar hayotida ijobiy o‘zgarishlar yaratishi lozim.

Mavluda Xidirova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt