Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#munosabat

🔰#munosabat

♦️Piskent tumani hokimining fermerlarga nisbatan tahdidli va haqoratli munosabatda bo‘lgani haqidagi xabarlar jiddiy e’tibor talab qiladi.
♦️Fermer — mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlayotgan, xalq dasturxoni to‘kinligi uchun mehnat qilayotgan inson. Ularning faoliyatini qo‘rqitish, tahdid qilish yoki sha’nini kamsitish orqali emas, balki qonuniy talablar, muloqot va o‘zaro hurmat asosida tashkil etish lozim.
♦️Rahbarlar va mansabdor shaxslarning asosiy vazifasi fuqarolarga bosim o‘tkazish emas, balki ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishdir. Har qanday topshiriq qonun doirasida, inson qadr-qimmati va mulk huquqiga hurmat bilan amalga oshirilishi shart.
♦️Mazkur holatga vakolatli organlar tomonidan xolis huquqiy baho berilishi, fermerlarga nisbatan ehtimoliy tazyiqlar qonuniy tartibda o‘rganilishi zarur. Chunki davlat hokimiyatining kuchi tahdidda emas, qonun ustuvorligi, adolat va xalq ishonchidadir.

G‘ani Hamroyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt