Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
19¹-modda #Kengash_qarori_nazoratda #24_ta_masala

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 25-“Katta Vaxshivor” saylov okrugidan saylangan deputat Jabbarov Jamshid Adashovich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov tomonidan tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-14-8-108-K/26-sonli qarori ijrosi amalda qat’iy nazoratga olindi.

Mazkur qaror va biriktirilgan tashkilotlar mas’uliyatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Obod Vaxshivor” mahallasida bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy tadbirlar olib borildi.

🚜 AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR VA NATIJALAR:

·🛣 Infratuzilmani yaxshilash: Mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati ko‘zdan kechirilib, rejadagi ko‘chalarga zamonaviy asfalt qoplamasi yotqizish ishlari sifatli tarzda amalga oshirildi;

·🔍 Nazorat va mas’uliyat: Qarorda nazarda tutilgan ustuvor masalalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirildi;

·🤝 Aholi roziligi: Yaratilayotgan ushbu qulayliklar mahalliy aholi va saylovchilarning uzog‘ini yaqin qilish hamda turni qulaylashtirishga xizmat qiladi.

Tuman Kengashi va deputatlik nazorati doirasida hududlardagi obodonlashtirish hamda infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5