Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“QO‘SHTEGIRMON 1” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
56-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI TUG‘RUQXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“GULISTON” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
📌 DEPUTATLAR MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalla darajasida ijro intizomi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Hisobot yig‘ilishi va muloqotda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 17-“Shakarqamish” saylov okrugidan saylangan deputat Tavasharov Xamro Ziyayevich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanovlar ishtirok etdi.

🏛 MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI ESHITILDI

Tadbir davomida “Shakarqamish” MFY mahalla yettiligi a’zolarining amalga oshirgan ishlari, faoliyat natijalari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalari yuzasidan axborotlari eshitildi.

🗣 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA MUROJAATLAR

Hisobot yig‘ilishidan so‘ng deputatlar X.Tavasharov saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan hududidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va infratuzilma muammolari atroflicha o‘rtaga tashlandi.

Muloqot yakunida:

·🔹 Aholi bildirgan murojaatlarni chuqur o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilandi;
·📬 Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ul korxona va tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborilishi ta’kidlandi;
·🔎 Murojaatlarning ijrosi deputat va mahalla faollari tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5