Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“QO‘SHTEGIRMON 1” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
56-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI TUG‘RUQXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“GULISTON” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Inson manfaatlari va aholi farovonligini ta’minlash — e’tibor markazida.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_qonun
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
📍 XONADONBAY O‘RGANISH ORQALI MAVJUD MUAMMOLAR ANIQLANMOQDA


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputati A. To‘xtashov tomonidan “Oyinli” mahallasida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🏘 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xonadonlarga tashrif buyurilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.
🔎 Jumladan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini ta’minlash.

✅ O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Farmon ijrosini joylarda tahlil qilish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3