Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
“DEPUTAT - SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

Oliy Majlisi Senatining KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahallalarda mavjud muammolarni barvaqt aniqlash va samarali hal etishda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida 2026-yil yanvar-sentabr oylarida Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlari tomonidan yoshlar hamda saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi tomonidan 2026-yilning yanvar-sentabr oylari davomida o‘tkazilgan sessiyalar soni 13 ta bo‘lib, turli masala va muammolar yuzasidan jami 100 ta masalalar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, masalalar yuzasidan 100 ta qarorlar qabul qilingan.
2026-yil yanvar-sentabr oylari davomida ommaviy axborot vositalarida yoritilgan sessiyalar soni 13 ta Shundan, onlayn tarzda yoritilgan sessiyalar soni 13 tani, rasmiy e’lon qilingan qarorlar 100 ta, shundan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan qarorlar 3 tani tashkil etdi.
Deputat so‘rovlari yanvar-sentyabr oylarida 4 ta tuman tashkilotlariga so‘rovlar yuborilgan bo‘lib barchasi ijobiy xal etilgan.
Axborot davomida Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 6-martdagi Sirdaryo viloyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha PQ-93-sonli qarorlari asosida Sardoba tumaniga kiritilayotgan investitsion loyihalar, qurilish ta’mirlash ishlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi.
PF-71 Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi saylovchilarga tushuntirish berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunaviy hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 298-sonli qarori ijrosini ta’minlash.
Muloqot davomida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi murojaatlari bilan tizimli ishlash va mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv jarayonida saylovchilar tomonidan mahalla hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, tabiiy gaz ta’minoti tizimini tartibga solish, shuningdek, avtoturargohlar faoliyatini tizimlashtirish va ularni belgilangan talablar asosida tashkil etish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.
Fuqarolar mazkur yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash, transport harakatini tartibga solish hamda kommunal xizmatlar sifatini yana-da yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Murojaatlar yuzasidan deputat tomonidan har bir masala atroflicha o‘rganilishi, ularning yechimi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilishi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 5