Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
📢 OLTINSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: REAL HOLAT OCHIQ MUHOKAMA QILINDI

🎯 Asosiy e’tibor — aholini qiynayotgan muammolar va ularning amaliy yechimlariga qaratildi.

Matbuot anjumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning real holati, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasining mavsumga tayyorgarligi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

🎙 SOHA MAS’ULLARI SAVOLLARGA JAVOB BERDI

Muloqotda:
▪️ Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i — Yoqub Jumaqulov;
▪️ Gaz ta’minoti korxonasi rahbari — Xusan Mamatqulov;
▪️ Suv ta’minoti korxonasi boshlig‘i — Murotali Abdullayev;

OAV vakillari va blogerlar tomonidan kuz-qish mavsumida aholiga qulaylik yaratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish yuzasidan savollar berildi.

Muloqot davomida soha mas’ullarining axborotlari tinglanib, mavjud muammolarga e’tibor qaratildi. Aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar ko‘rish va mas’uliyatni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Asosiy maqsad — muammolarni yashirish emas, ularni aniqlash va bartaraf etish!

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qog‘ozdagi hisobotlar bilan emas, balki aholining kundalik hayotidagi real natijalar bilan baholanishi lozim.

Ochiq muloqot va jamoatchilik nazorati esa mavjud kamchiliklarni aniqlash, mas’ullar faoliyatining samaradorligini oshirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hisobot emas — real holat! Umumiy va’da emas — aniq chora va natija!

#Oltinsoy #MatbuotAnjumani #KuzQishMavsumi #OchiqMuloqot #JamoatchilikNazorati

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10