Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
MUROJAATLAR VA IJRO NAZORATI

MUROJAATLAR VA IJRO NAZORATI

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakillari hamkorligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va ularning ijrosini ta’minlashga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445-son)ning mazmun-mohiyati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishning belgilangan tartibi hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va qonuniy hal etishning ahamiyati yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Rajabova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisl Sh.Ergasheva shuningdek, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi N.Kenjayev ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning mazmuni va dolzarbligi tahlil qilinib, mavjud muammolarni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish, murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash va ularning ijrosini nazoratga olish deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.