Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
UYCHIDA «BINOKORLAR KLASTERI» — QURILISH SOHASIDA YANGI IMKONIYATLAR

 UYCHIDA «BINOKORLAR KLASTERI» — QURILISH SOHASIDA YANGI IMKONIYATLAR

Uychi tumanida qurilish sohasini yanada rivojlantirish, mahalliy qurilish tashkilotlari va tadbirkorlarning salohiyatini birlashtirish hamda sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Uychi tumani Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi M.Abdullayev, Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev hamda viloyat hokimining maslahatchisi Sherzod Tursunov universitetning Uychi tumanidagi binosida bo‘lib, «Uychi binokorlari» klasterini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar bilan tanishdilar.

Taqdimotda klaster faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va tashkilotlarni yagona tizim asosida birlashtirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, loyihalarni amalga oshirishning keyingi bosqichlari, zarur infratuzilmani shakllantirish, qulay shart-sharoitlar yaratish hamda qurilish sohasini rivojlantirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

🏗 «Uychi binokorlari» klasteri kelgusida mahalliy qurilish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun muhim maydon bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
 

Slide 1 of 1