Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Uzun tumanida Senat a’zosi, viloyat Kengashi deputatlari hamda tuman Kengashi kotibiyati ishtirokida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi

Uzun tumanida Senat a’zosi, viloyat Kengashi deputatlari hamda tuman Kengashi kotibiyati ishtirokida nazorat-tahlil tadbiri o'tkazildi

Oliy Majlis Senati a’zosi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Dilbar Suvonova hamda viloyat Kengashi deputati Muyassar Qodirovalar tomonidan xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bilan hamkorlikda tumanidagi "Yangi kuch" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Senat a’zosi, viloyat deputatlari hamda tuman Kengashi kotibiyati masʼullari mahalladagi mavjud sharoitlar, aholining turmush tarzi va kundalik muammolari bilan yaqindan tanishib, hududdagi "mahalla yettiligi" faoliyatini har tomonlama tahlil qildilar.

Uchrashuvda mahallada ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yanada yaxshilash, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan "yettilik" a’zolarining taklif va mulohazalari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
🇺🇿Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati