Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
YOSHLAR BANDLIGI MASALASI MUHOKAMA QILINDI

YOSHLAR BANDLIGI MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 8-Muborak saylov okrugi deputati    N. Dedaxanova tomonidan Islomobod mahallasi yoshlar yetakchisi bilan yoshlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida mahalladagi ishsiz va bandligi ta’minlanmagan yoshlar holati, ularni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishi, ularning qiziqish va qobiliyatlariga mos yo‘nalishlarni aniqlash hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha ishlarni tizimli davom ettirish belgilab olindi.

Slide 1 of 1