Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan 19-Gulshan saylov okrugida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan bog‘ning bugungi holati o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad hududda amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlarining holatini baholash, ekilgan daraxtlarning parvarishlanishi, ularning o‘sib-rivojlanishi hamda bog‘ hududining obodonlashtirilganlik darajasini ko‘zdan kechirishdan iborat.

Jarayon davomida bog‘ hududidagi yashil maydonlarning holati, daraxtlarni sug‘orish va parvarishlash ishlari, shuningdek, hududni ozoda saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Zero, ko‘chat ekish bilan bir qatorda, ularni muntazam parvarishlash, o‘z vaqtida sug‘orish va qurib qolishining oldini olish ham muhim ahamiyatga ega.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar holatini kuzatib borish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4