🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich o‘z saylov okrugidagi Katqal’a mahallasining Uch Chinor ko‘chasida yashovchi, Kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaro M.G.ning oilaviy holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy ahvoli, bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov, tuman Kengashi deputati M. Nurjanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdilar.
🏭 Mahalla hokim yordamchisi J. Sultonovning ma’lum qilishicha, oilaga turli xil yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun mini-sex xarid qilish maqsadida imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.