Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “14-A.Ikromov” saylov okrugi deputati D.Xamraqulov, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va obodonligi, yoritish tizimlarining holati hamda boshqaruv kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash va saqlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalladagi 12-, 14- va 16-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismlari boshqaruv kompaniyasi tomonidan ta’mirlanganligi joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning murojaat va takliflari ham tinglanib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda hududda obodonlashtirish va saqlash ishlarini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.