Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov hududidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 13-martdagi VII-19-11-11-152-K/26-sonli qarori asosida hududda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida Guliston mahallasida aholi uchun qulay va munosib turmush sharoitlarini yaratish, hududni obodonlashtirish hamda mavjud infratuzilmani yaxshilash borasida belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.
🔹 Jumladan, aholining, ayniqsa, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun 2 ta bolalar maydonchasini tashkil etish hamda hududdagi 600 metr yo‘laklarni betonlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
🔹 Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi hududning obodonlashtirilishiga, aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishiga hamda bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy bo‘sh vaqt maskanlari tashkil etilishiga xizmat qiladi.
📌 O‘rganish yakunida belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, mavjud masalalarni bartaraf etish hamda ishlarning ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.