Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI TUG‘RUQXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“GULISTON” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Inson manfaatlari va aholi farovonligini ta’minlash — e’tibor markazida.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “CHEKMIRZAOBOD” MAHALLASIDA TIKUVCHILIK SEXI TASHKIL ETILDI.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “CHEKMIRZAOBOD” MAHALLASIDA XUSUSIY BOG‘CHA QURILMOQDA.
янв.21
MAHALLA KUTUBXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSHLARGA YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI.
янв.21
42-MAKTAB HUDUDIDAGI OSHXONA VA SAVDO SHOXOBCHASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

DUAL TA’LIM OLAYOTGAN YOSHLAR FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tomonidan “Bobur qishloq” MChJ fermer xo‘jaligida dual ta’lim asosida tahsil olish bilan birga mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ish faoliyati, kasbiy ko‘nikmalarni egallash jarayoni hamda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari bilan tanishildi. Shuningdek, yoshlar bilan suhbatlashilib, ularning mehnat faoliyati va ta’lim jarayoniga oid fikr-mulohazalari tinglandi.

Dual ta’lim tizimi yoshlarning kasb-hunar egallashi, amaliy tajriba orttirishi va kelgusida munosib ish o‘rniga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4