Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil

Xotin-qizlar tadbirkorligi va kasb-hunarga o‘qitish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayevaning saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda ularning mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, markazda to‘qimachilik va tikuvchilik yo‘nalishlarida tashkil etilgan mashg‘ulotlar, tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar, mavjud tikuv mashinalari va boshqa zarur jihozlardan foydalanish holati o‘rganildi. Xotin-qizlarning ushbu yo‘nalishlarda kasb egallab, kelgusida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun mavjud imkoniyatlar ham tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish qamrovini kengaytirish, ularning bandligini ta’minlash hamda o‘rgangan kasblari asosida daromad manbalarini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3