Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
🔰XALQ VAKILI VA “MAHALLA YETTILIGI”.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov ishtirokida “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi ishchi uchrashuv o‘tkazildi. Unda deputat hamda “Qaliya” MFY yettiligi tomonidan hududda olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlar natijalari va kelgusidagi dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

🔸Muloqot davomida asosiy eʼtibor aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi.

🔸Shuningdek, yig‘ilishda mahallada kambag‘allikni qisqartirish, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va ijtimoiy reyestrlar ro‘yxatida turgan fuqarolarga manzilli ko‘mak berish hamda ularning bandligini taʼminlash masalalari tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.