Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
🔽Bolalar himoyasi — jamiyatning ustuvor vazifasi

🔰#munosabat

🔽Bolalar himoyasi — jamiyatning ustuvor vazifasi

🔺14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar uchun jazoni yanada kuchaytirish, jumladan, 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashga qaratilgan qonunning Senat tomonidan ma’qullangani bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi muhim huquqiy choradir.
🔺Deputat sifatida, bolalarning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati va daxlsizligini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan har qanday zo‘ravonlikning oldini olish davlat va jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri, deb hisoblayman.
🔺Qonunchilikdagi bunday qat’iy choralar bilan bir qatorda, oilada, ta’lim muassasalarida va mahallalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash, profilaktika va huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish ham muhimdir. Amaldagi qonunchilikda ham bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qator mexanizmlar belgilangan.
👉Har bir bola zo‘ravonlik va tahdiddan xoli, xavfsiz muhitda ulg‘ayishi kerak.

Baxronjon Yusupov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,


🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt