Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Orolbo‘yi mahallasidagi 32-maktabning isitish tizimi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova hamda deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N. Akbarova tomonidan 25-Orolbo‘yi saylov okrugi hududidagi Orolbo‘yi mahallasida joylashgan 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borildi.

Mazkur ta’lim muassasasida ayni paytda 1529 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Maktab binosi 945 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim jarayoniga 80 nafar o‘qituvchi jalb etilgan.

O‘rganish davomida, avvalo, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratilib, maktabning isitish tizimi holati ko‘zdan kechirildi. Tizimning mavsumga tayyorgarligi, mavjud imkoniyatlari hamda aniqlangan masalalar joyida o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, masalani mas’ullar bilan birgalikda ko‘rib chiqish hamda zarur choralarni belgilash yuzasidan deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5