Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Uy-joy ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 26-“Yangi obod” saylov okrugidan saylangan deputat G.Paygamova tomonidan “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-22-42-11-166-K/26-sonli qarori asosida uy-joy ta’miri uchun mablag‘ ajratilgan fuqarolar xonadonlarida amalga oshirilgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, “Yangi obod” MFY, A.T.Xuqandiy mavzesi, 110-uy, 40-xonadonda yashovchi II guruh nogironi fuqaro D.Komilova xonadoniga tashrif buyurilib, mazkur qaror doirasida amalga oshirilgan “yashil ta’mirlash” ishlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida fuqaroning xonadonida uy-joy ta’miri uchun tegishli mablag‘ ajratilgani va qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani, biroq ta’mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, bajarilgan ta’mirlash ishlarining sifati, foydalanilgan qurilish materiallarining holati, ishlarning belgilangan talab va muddatlarga muvofiqligi hamda fuqaro uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida fuqaroning uy-joyini ta’mirlash ishlarini to‘liq yakuniga yetkazish masalasini amaldagi qonunchilik doirasida hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur amaliy choralarni ko‘rish hamda ishlarning yakunlanishini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6