Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Yoshlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Paygamova tomonidan “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi E.Erkinovning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, “Yangi obod” MFY yoshlar yetakchisi E.Erkinov tomonidan 3 nafar yosh bepul kasb-hunar o‘qitish kurslariga jalb etilgani, 3 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlangani hamda 3 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mehnat bozoriga mos kasblarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanishlariga ko‘maklashishga qaratilgan.

Shuningdek, yoshlarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va amaliy yechim topish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4