Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#Murojaat_ijrosi

“Gulbog'” MAHALLASIDA KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB QONUNCHILIK IJROSI VA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILDI

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini bevosita xonadonlarda tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi, 15-“Gulbog'” saylov okrugi deputati Xalmatov Isoqul Amandavlatovich "Gulbog'" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha va xonadonbay yurgan holda fuqarolar bilan samimiy muloqotlar o‘tkazdi.

1. “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi:

Mahallani zamonaviy qiyofaga keltirish, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti va kommunal infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi;

2. Aholi murojaatlari va xonadonbay tahlil:

Nuroniylar va mahalla ahli bilan muloqot o‘tkazilib, aholining yashash sharoitlari, bandlik, ijtimoiy ko‘mak, ichki yo‘llar va kommunal-infratuzilma bilan bog‘liq dolzarb masalalari o‘rganildi;

3. Qonunchilik va tavsiyalar nazorati:

Deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan 162 ta qonun hujjati hamda 24 ta tavsiyaning mahalladagi ijro etilishi holati chuqur tahlil qilindi.

AMALIY YECHIM VA QAT’IY NAZORAT:

Muloqotlar chog‘ida bildirilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi. Aniqlangan muammolarni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga DEPUTATLIK SO‘ROVLARI yuborilishi va ularning ijrosi tuman Kengashi tomonidan qat’iy nazorat qilib borilishi belgilandi.

"Deputatning o‘rni — xalq orasida! Har bir xonadonga kirib, aholi dardi bilan yashash va muammolarga amaliy yechim topish bosh maqsadimizdir!"

Slide 1 of 1