Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Esaboy mahallasida ishchi guruh tashkil etildi

Esaboy mahallasida ishchi guruh tashkil etildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 17-saylov okrugi deputati Altiboyeva Muxtaram Ruzmamatovna tomonidan Esaboy mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish holatini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi.
👥 Ishchi guruh tarkibi:
🔹 Xo‘jayorov Jahongir — MFY raisi;
🔹 Quldoshev Panji — hokim yordamchisi;
🔹 Xushvaqtov Ixtiyor — ijtimoiy xodim;
🔹 Yaxshiyeva Gulshan — otinoyi;
🔹 Hazratova Rapoat — nuroniy.
📌 Ishchi guruh tomonidan:
🔹 mahalladagi ishsiz fuqarolar va kambag‘al oilalar holatini o‘rganish;
🔹 aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini yaratish imkoniyatlarini aniqlash;
🔹 ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni aniqlash;
🔹 xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylarning mavjud muammolarini o‘rganish;
🔹 mahalladagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari holatini o‘rganish;
🔹 aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
bo‘yicha ishlar olib boriladi.
📋 O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan muammolar deputatlik nazoratiga olinib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli takliflar kiritiladi.
🤝 Maqsad — mahalladagi mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, fuqarolarning bandligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarning amaliy yechimiga erishish. 

Slide 1 of 1