Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI TUG‘RUQXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“GULISTON” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Inson manfaatlari va aholi farovonligini ta’minlash — e’tibor markazida.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “CHEKMIRZAOBOD” MAHALLASIDA TIKUVCHILIK SEXI TASHKIL ETILDI.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “CHEKMIRZAOBOD” MAHALLASIDA XUSUSIY BOG‘CHA QURILMOQDA.
янв.21
MAHALLA KUTUBXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSHLARGA YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI.
янв.21
42-MAKTAB HUDUDIDAGI OSHXONA VA SAVDO SHOXOBCHASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikning barvaqt oldini olish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 12-"Saxovat" saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Tinchlik” mahallasida bo‘lib Xotin-qizlar faolining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” O‘RQ-561-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.

Mas’ullar tomonidan xotin-qizlar faolining amaliy ishlari atroflicha tahlil qilindi:

Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Oila-turmush munosabatlarida nizo va tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga "Himoya orderi" berilishi holati;

"Ayollar daftari": Daftarga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish manzilliligi;

Bandlik va tadbirkorlik: Ishsiz ayollarni daromadli mehnatga jalb etish, kasanachilik va hunarmandchilikka o‘qitish;

Oila ma’naviyati: Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash hamda mahallada sog‘lom ijrosini muhitni shakllantirish.

O‘rganishlar yakunida deputat Xotin-qizlar faoliga mahalladagi har bir ayolning muammosiga bee’tibor bo‘lmaslik, nizo kelib chiqayotgan oilalar bilan barvaqt ishlash hamda O‘RQ-561-sonli Qonun ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Xotin-qizlar huquqi va oila barqarorligi — deputatlik nazoratida!