Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan asosiy masalalardan biri A.T.Xuqandiy mavzesini asfaltlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Murojaatchilar mazkur hududdagi yo‘lning mavjud holati transport vositalari harakati va piyodalar uchun noqulaylik tug‘dirayotganini bildirib, yo‘lni ta’mirlash hamda asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘radilar.

Deputat tomonidan murojaat mazmuni atroflicha o‘rganilib, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqish hamda qonunchilik doirasida zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4