Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.
янв.21
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDAGI TUG‘RUQXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“GULISTON” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
Inson manfaatlari va aholi farovonligini ta’minlash — e’tibor markazida.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “CHEKMIRZAOBOD” MAHALLASIDA TIKUVCHILIK SEXI TASHKIL ETILDI.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN “CHEKMIRZAOBOD” MAHALLASIDA XUSUSIY BOG‘CHA QURILMOQDA.
янв.21
MAHALLA KUTUBXONASIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSHLARGA YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILDI.
янв.21
42-MAKTAB HUDUDIDAGI OSHXONA VA SAVDO SHOXOBCHASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Qoraqalpog‘iston yoshlariga yuksak e’tibor — farovon kelajagimiz kafolati


🇬🇦Qoraqalpog‘iston yoshlariga yuksak e’tibor — farovon kelajagimiz kafolati

🇺🇿Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning yaqinda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifi va hududimiz rivoji, xususan, biz yoshlar kelajagi uchun belgilab bergan muhim tashabbuslari barchamizga katta kuch va shijoat bag‘ishladi. Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish hamda yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha ilgari surilgan yangi g‘oya va dasturlar respublikamiz yoshlari hayotida yangi sahifa ochmoqda.

👍Tashrif davomida yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning tadbirkorlik, IT va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida urg‘u berildi. Ayniqsa, mahallalarda yoshlar uchun infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali ularning iqtidorini yuzaga chiqarish masalalari davlatimiz siyosatining markazida ekanligini yana bir bor his qildik.

Bugungi kunda Taxiatosh tumanida ham yigit-qizlarimiz zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturlash, raqamli xizmatlar va hatto xalqaro grant loyihalarida ham o‘zlarini sinab ko‘rib, yuqori natijalarga erishmoqdalar. Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan bunday keng sharoitlar bizga mahallamiz yoshlarini IT-texnologiyalari va xorijiy tillarga ko‘proq jalb qilish, ularni xalqaro maydonda ham raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlash va o‘z mahallasini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan dasturlarni amalga oshirish uchun keng yo‘l ochib bermoqda.

Taxiatosh tumani Xalq deputatlari kengashi huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zosi hamda mahalladagi yoshlar yetakchisi sifatida shuni ishonch bilan ayta olamanki, davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston yoshlariga bildirgan yuksak ishonchini oqlash uchun barcha kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz. Maqsadimiz — har bir yoshning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularni bilim va hunarga yo‘naltirish orqali Yangi O‘zbekiston va farovon Qoraqalpog‘iston kelajagiga munosib hissa qo‘shishdir!

Urazbayev Jasurbek Alisher uli — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani kengashi huzurida tashkil etilgan "Yoshlar maslahat guruhi" a’zosi.

Slide 1 of 1