Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-apreldagi 225-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda.
🔎 O‘rganish davomida “Davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinmoqda.
📌 Jumladan, davlat mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlarning maqsadli yo‘naltirilishi, ulardan samarali foydalanilishi hamda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Deputatlik nazorati — mablag‘ning ajratilishi emas, uning natijadorligi bilan o‘lchanadi.