Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
178-MAKTABDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, EP a'zosi Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan 178-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilgan o‘rganish davomida maktabning oshxonasidagi sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan jihozlarning texnik holati, yong‘in xavfsizligi talablari va mavjud o‘t o‘chirish vositalarining sozligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida maktab oshxonasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi va texnik sozligi, ularning belgilangan joylarda joylashtirilishi, evakuatsiya yo‘laklari hamda elektr jihozlaridan foydalanish xavfsizligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Oshxonadagi gaz va elektr jihozlaridan foydalanish tartibi, yong‘in kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar hamda xodimlarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3