Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
XIRMONTEPA MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zMTDP a’zosi Mavlonov Azam Qarshiyevich tomonidan Xirmontepa mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud masalalarga amaliy yechim topish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida 19-42-73, 19-47-64 va 19-39-2-xonadonlarda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti, oilaviy holati va mavjud muammolari atroflicha o‘rganildi.

Suhbat davomida oilalarning ehtiyojlari, murojaatlari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan talablari tinglandi. Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholiga manzilli yordam ko‘rsatish va oilalarning turmush sharoitini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish hamda muammolarni amaliy hal etish bo‘yicha ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3