Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Vatan mahallasida fuqarolar murojaati asosida bolalar maydonchasining holati o‘rganildi.

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiya #kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_doirasida

Vatan mahallasida fuqarolar murojaati asosida bolalar maydonchasining holati o‘rganildi.

🇺🇿 Fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmaydi. Shu asosda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, “22-Vatan” saylov okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich hududdagi 52-ko‘p qavatli uy oldida joylashgan bolalar maydonchasining holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida maydonchadagi ayrim jihozlarning yaroqsiz holga kelgani, shuningdek, uning atrofini obodonlashtirish va tartibga keltirish zarurligi aniqlandi.

📈 Bolalar uchun xavfsiz, qulay va ozoda muhit yaratish — barchamizning umumiy vazifamiz. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi kiritish belgilandi.

💼 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatining faoliyatidagi eng muhim 24 ta tavsiya hamda haftalik ish rejasi doirasida tashkil etildi. Tadbirda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Slide 1 of 5