Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Alpomish” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari asosida tahlil qilindi

Termiz shahrida mahallalarda aholi muammolarini manzilli hal etish, fuqarolar bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda mahalla boshqaruvi samaradorligini yuksaltirish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, 14-“Alpomish” saylov okrugidan saylangan deputat A.Choriyev tomonidan Termiz shahridagi “Alpomish” mahallasida Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari doirasida mahalla vakillarining bugungi kundagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligi, aholi bilan ishlash tizimi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.
Jarayonda viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Sh.Boyqulov, Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, kotibiyat xodimlari hamda “mahalla yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida mahalladagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holat, ishsiz va kam daromadli oilalar bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash, oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratish hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mahalladagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ayniqsa, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda ishlarni tizimli tashkil etish hamda natijadorlikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3