Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Guliston mahallasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Guliston mahallasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tumani Kengashi kotibiyat mudiri O'.Rajabov deputat sifatida mahalla yoshlar yetakchisi faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonunida belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda ta’lim va kasbiy tayyorgarlikka yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ayniqsa, og‘ir toifadagi ishsiz yoshlar bilan manzilli ishlashga alohida e’tibor qaratilib, ularning xonadonlariga borib, yashash sharoitlari, bandlik holati, ehtiyoj va muammolari o‘rganildi. Yoshlar bilan suhbat davomida ularni qiynayotgan masalalar hamda taklif va tashabbuslar tinglandi.

Shuningdek, yoshlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunar egallashiga ko‘maklashish va bandligini ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilinib, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.