Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
25-SESSIYASIDA BUDJET VA INFRATUZILMA MASALALARI MUHOKAMA QILINMOQDA

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasida budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, qo‘shimcha moliyaviy manbalarni yo‘naltirish hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

📌 Sessiya kun tartibidagi masala doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali 2026-yil 2-mavsumida o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalarni tanlab olish va Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, KQ-666-IV-sonli qarorning 40-bandi talablari asosida shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan qo‘shimcha g‘olibni aniqlash masalasi muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarorining 403-bandiga asosan deputat tashabbusi loyihasi sifatida qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan loyihalar to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilmoqda.

🎙 Mazkur masala yuzasidan ma’ruza qilish uchun so‘z Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Xo‘jayeva Sayyora Zoirovnaga berildi.

💬 Muhokama davomida deputatlar tomonidan loyihalarni moliyalashtirishda mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, infratuzilma loyihalarining amaliy natijadorligi hamda aholi uchun muhim bo‘lgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, masala atroflicha muhokama qilinmoqda.

Slide 1 of 2