📢 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
🗣 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Xakimova tomonidan “Boybuloq” mahallasi hududida joylashgan Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 80-sonli oilaviy poliklinikaning Seplon filiali faoliyati o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uni zarur tibbiy jihozlar va vositalar bilan ta’minlash zarurligi aniqlandi.
📝 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tibbiyot muassasasini zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida Sherobod tumani Tuman tibbiyot birlashmasiga deputat so‘rovi yuborildi.
📌 Deputatlik nazorati — xalq manfaatlari yo‘lida!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube