35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Yangi O‘zbekiston” qiyofasi — obod mahallalarda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengashning doimiy komissiya a’zolari ishtirokida Obizarang ko‘prigining qurilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

“Yangi O‘zbekiston” qiyofasi — obod mahallalarda                                               

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengashning doimiy komissiya a’zolari ishtirokida Obizarang ko‘prigining qurilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘prik qurilishida amalga oshirilayotgan ishlar, qurilish-montaj jarayonlarining borishi hamda obyektning belgilangan talablarga muvofiq barpo etilishi holatiga e’tibor qaratildi.

Mas’ullar bilan suhbat davomida qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz transport qatnovini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi tomonidan hududdagi muhim infratuzilma loyihalarining ijrosi va sifati yuzasidan o‘rganishlar davom ettiriladi.