#QABUL
"Bog‘zor” mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi.
♻️Zangiota tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Erkin Rustamovning fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabuli “Bog‘zor” mahallasida bo‘lib o‘tdi.
♻️ “Bog‘zor” mahallasi hududida ijtimoiy va boshqa muammolarni hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sayyor qabul davomida aholining murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, uy-joy va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
♻️ Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar mas’ul mutasaddilarga yo‘naltirildi.
♻️Aholi bilan ochiq muloqot davomida hududdagi muammolarni aniqlash, fuqarolar murojaatlariga yechim topish va ularni amaliy hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.