20 -BAND IJROSI: Doimiy komissiya va hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda
🗓 2026-yil 16-sentyabr kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan hududdagi tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, mavjud masalalarni aniqlash hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘nalishida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 20-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat xizmatlari, FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati ham o'rganildi.
🔎 Jumladan, deputat Pastdarg‘om tumani 1-son FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati, murojaatlar bilan ishlash holati hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.