GULISTON MAHALLASIDA YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASI
Pastdarg‘om tumanida hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi keng ko‘lamli ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, PQ-298-sonli qaror hamda xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-23-24-7-101-K/26-son qarori asosida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalarni barpo etish va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha Guliston mahallasida qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
🔹 Mahalla hududidagi qariyb 2,5 kilometr ichki yo‘llar asfaltlashtirilib, aholiga qulay va ravon harakatlanish imkoniyati yaratildi.
🔹 Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 3 dona artezian qudug‘i qazilmoqda.