Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Murojaatnomasini yo‘llash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Chilonzor tumanidagi Buchon universiteti binosida Chilonzor tumani hokimi Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarimovichning tuman aholisiga murojaatnomasini yo‘llash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari Mahmudova Donoxon Artikovna, Mutalov Omonulla Nigmatullayevich, Ahmedov Shuxrat Murotovich hamda Madamin Nazirovlar ishtirok etdi.

Murojaatda davlatimiz rahbari tomonidan hududlar oldiga qo‘yilayotgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Chilonzor tumanini yanada obod va farovon hududga aylantirish, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha aniq maqsad va rejalar belgilab berildi.

Tuman hokimi murojaatida barcha sohalarda mahallalar va ko‘chalar kesimida amalga oshiriladigan ishlar, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlarga yaratiladigan imkoniyatlar, ta’lim va ijtimoiy sohadagi vazifalarga alohida to‘xtaldi.

Shuningdek, har bir loyiha bo‘yicha aniq muddat, mas’ul va natija ochiq belgilanishi ta’kidlandi hamda “Va’da emas, balki aniq ro‘yxat, aniq sanalar va raqamlarga asoslangan rejalarimizni sizlarning e’tiboringizga havola qilmoqdaman”, — dedi Saidqahhor Xolxo'jayev.

Murojaat davomida Chilonzorni kambag‘allik va ishsizlikdan holi, zamonaviy, obod va tadbirkorlik uchun qulay hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar ochiq bayon qilindi.

Slide 1 of 3