Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Obod mahallasida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasidagi loyiha o‘rganildi.

📌 Obod mahallasida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasidagi loyiha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Raximov hamda tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova tomonidan Obod mahallasida “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha o‘rganildi.
Mazkur loyiha doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va jismoniy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Yoshlar ijod ko‘chasi”ni tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Loyiha doirasida hududda workout maydonchasi, kutubxona hamda yoshlar uchun boshqa zarur infratuzilmalarni tashkil etish rejalashtirilgan.
🔎 O‘rganish davomida deputatlar tomonidan loyiha amalga oshiriladigan hudud ko‘zdan kechirilib, unda nazarda tutilgan ishlar, mavjud sharoitlar hamda loyihani samarali amalga oshirish masalalari bilan tanishildi.
Shuningdek, loyiha tashabbuskori — Obod mahallasi yoshlar yetakchisi hamda hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ishtirokida loyihaning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.
📌 Mazkur o‘rganish “Tashabbusli budjet” loyihalarining ijrosi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash, yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda aholining tashabbuslarini amaliy loyihalarga aylantirishga qaratilgan.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 5