Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#_Yoshlar_maslahat_guruhining_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati o‘rganildi

#_Yoshlar_maslahat_guruhining_faoliyati
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati o‘rganildi


Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida “Yoshlar maslahat” guruhi rahbari D.Sattorov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov ishtirok etdi.
O‘rganish davomida tuman hududidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yoshlar bilan ishlash, ularning ta’lim-tarbiyasi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ta’lim sifati va tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda kelgusida bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

“Yoshlar maslahat” guruhi tomonidan ta’lim tizimida yoshlar manfaatlarini ifoda etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2