Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-23-38-12-177-K/26-sonli qarori bilan ajratilgan mablag‘larni maqsadli sariflanganligi o‘rganildi.
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Abdrimova Monoq mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironligi bo‘lgan Navro‘zova Dilnoza xonadonida energiya samaradorligini oshirish, issiqlik tizimini yaxshilash va yashash sharoitlarini yanada qulaylashtirish maqsadida belgilangan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani deputatlik nazorati davomida ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🏠 Xonadon devorlari va tomlarini issiqlik izolyatsiya qilish holati;
🪟 Energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatilishi;
☀️ Quyosh panellari va geliokollektorlarning montaj qilinishi.
🔎 O‘rganish davomida bajarilgan ishlarning sifati, belgilangan maqsadga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilganligi holatiga e’tibor qaratildi.
🎯 Maqsad: aholi uchun qulay va energiya tejamkor yashash sharoitlarini yaratish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samarali ijrosini ta’minlash.
Deputatlik nazorati — amaliy natija va xalq manfaatlari uchun!