Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
“Dug‘oba” mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida

O‘rganish davomida mahallaning sanitariya-obodonlashtirish holati, ichki ko‘chalar va umumiy foydalanishdagi hududlarning tozaligi, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish ishlarining borishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, hududning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, obodonlashtirish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish, hududni doimiy ravishda toza va ozoda saqlash zarurligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarining sifati, samaradorligi va natijadorligi muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish va mahallaning obodligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4