Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Mahalla hayoti va aholi muammolari deputatlar e’tiborida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari Ekaterina Smesova va Saydullo Azimov Andijon shahridagi “Maydon bozor” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, faollar va aholi vakillari bilan uchrashdilar.

Samimiy muloqot davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, aholini qiynayotgan masalalar, hudud obodonchiligi va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Aholining taklif va murojaatlari tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunida mahallada aholi bilan muntazam muloqot olib borish, ko‘tarilgan masalalarning yechimini izlash va ularning ijobiy hal etilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3