Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
🏘 “Ko‘kmo‘yin” MFYda kambag‘al oilalarni aniqlash va ularga ko‘rsatilayotgan yordamlar o‘rganildi

🏘 “Ko‘kmo‘yin” MFYda kambag‘al oilalarni aniqlash va ularga ko‘rsatilayotgan yordamlar o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 3-Oq ota saylov okrugi deputati Peysenov Erlan Adilbayevich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan “A.Yo'lbarisov” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi”ning faoliyati, kambag‘al va ehtiyojmand oilalar bilan ishlash holati o‘rganildi.

🔹 Kambag‘al oilalarni aniqlash va manzilli ishlash
O‘rganish davomida mahalla hududida yashovchi kambag‘al va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish hamda mavjud muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Oilalarning daromad manbalari, bandlik holati, mehnatga layoqatli a’zolarining ish bilan ta’minlanganligi hamda oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar
Kambag‘al oilalarga davlat tomonidan ajratilayotgan ijtimoiy yordam va imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, moddiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali ularning daromadlarini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3