Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #fuqarolar_qabuli "Namuna" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Termiz shahrida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi deputatlik faoliyati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar  25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqovaga biriktirilgan “Namuna” mahallasida bo‘lib, fuqarolar qabulni o‘tkazdilar.

Qabul davomida murojaat bilan kelgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni doirasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash, ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan beriladigan nafaqalar hamda moddiy yordamlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan boshqa shaxsiy va ijtimoiy murojaatlar ham tinglanib, ularga joyida huquqiy maslahatlar berildi hamda ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.