Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
TARIXIY TASHRIF, YANGI BOSQICH!
#munosabat
#serbiya

TARIXIY TASHRIF, YANGI BOSQICH!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga ilk rasmiy tashrifi ikki davlat munosabatlari tarixida chinakam tarixiy voqea bo‘ldi.

Prezidentimizning Belgradga tashrifi davomida yuksak darajadagi kutib olish marosimlari, faxriy qorovul, davlat madhiyalari va tantanali salyut — O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va mamlakatimizga bo‘lgan yuksak hurmatning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Eng hayratlanarlisi — muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi. Ikki davlat rahbarlari tegishli qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

🇺🇿 Yana bir e’tiborga molik voqea — Belgrad shahridagi ko‘chalardan biriga “Toshkent” nomi berildi. Bu ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmatning yorqin ramziga aylandi.

Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyevga Serbiyaning oliy davlat mukofoti — Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni tantanali ravishda topshirildi.
Bu oddiy tashrif emas — O‘zbekistonning dunyo sahnasidagi tobora yuksalayotgan nufuzi, ochiq va faol tashqi siyosatining yana bir yorqin namoyishidir!

🇺🇿 O‘zbekiston — yangi marralar sari!
🇷🇸 O‘zbekiston–Serbiya do‘stligi va strategik sherikligi bardavom bo‘lsin!

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A.Yangiyev

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash