Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladoshlariga shaxsiy namuna boʻlayotgan deputatga yuksak mukofot topshirildi
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
29-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlandi.
янв.21
56-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala joyga chiqqan holda o'rganildi.

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala joyga chiqqan holda o'rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan
10- sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda ovqatlanish jarayonining belgilangan tartibda tashkil etilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tashkilotdagi mavjud shart-sharoitlar, zarur o‘quv anjomlari va jihozlarning holati ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanishda belgilangan talablarning qat’iy bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri orqali tarbiyalanuvchilarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonida zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 1